Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar sporti: O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi
12:10 / 2025-10-31

Rossiya Federatsiyasi tashabbusi bilan Moskva shahrida o‘tkazilayotgan “Burya” xalqaro talabalar forumida O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida sport klublari faoliyati tizimli yo‘lga qo‘yilgani e’tirof etildi.

Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Isroil, O‘zbekiston va Rossiya davlatlarining universitetlar sport federatsiyalari rahbarlari ishtirokida o‘tayotgan forumda sport klublari faoliyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Erkin Qodirov anjuman davomida yig‘ilganlarga mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida sport klublari faoliyati tizimli yo‘lga qo‘yilgani, turli ommaviy musobaqalar, xususan sport turlari bo‘yicha “Rektor kubogi”, “Talabalar ligasi”, “Besh tashabbus olimpiadasi” singari kompleks musobaqalar tizimli o‘tkazib kelinayotgani xususida to‘xtaldi.

O‘zbekistonda talabalar harakati yangicha yo‘nalishda rivojlanayotgani Rossiya Federatsiyasi hamda boshqa mamlakatlar sport federatsiyalari tomonidan e’tirof etilib, ushbu tajribani xalqaro maydonda tatbiq etish borasida takliflar ilgari surildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA