Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Talabalar spartakiadasi”da do‘stlik g‘alaba qozondi
10:46 / 2025-06-25

O‘sh shahrida Qirg‘iziston va O‘zbekistonning talaba yoshlari o‘rtasida 8 ta sport yo‘nalishi bo‘yicha “Talabalar spartakiadasi” musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

O‘sh davlat universitetining sport majmualarida, sport maydonchalarida tashkil etilgan musobaqalarda mamlakatimizning Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent viloyati oliy o‘quv yurtlarining sport bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan 100 nafarga yaqin talaba-yoshlari g‘oliblik uchun kurash olib bordi. 

 O‘tkazilgan musobaqalar natijasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

– “Talabalar spartakiadasi” chinakam do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Yurtimiz oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar futzal, og‘ir atletika, belbog‘li kurash, stol tennisi, shaxmat, badminton kabi sport turlarida yuqori o‘rinlarni egalladi. Muhimi, sport musobaqalari orqali do‘stlik aloqalari mustahkamlandi, – deydi sport vaziri maslahatchisi Sh.Mo‘minjonov.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston va O‘zbekiston talabalari o‘rtasidagi festivalning ilk musobaqalari 2023 yili O‘zbekistonning Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA