Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Talabalar sayli” ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri o‘tkazildi
18:07 / 2025-11-18

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi hamda “Oltin davrim” shiori ostida “Talabalar sayli” ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Bayram saylini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Matluba Qahhorova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Bayrog‘imiz nafaqat O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzi, balki xalqimizning, shu yurtda tug‘ilib, shu zaminning mehridan qonib yashayotgan turli millat va elatlarning tinchligi, hamjihatligi timsoliga aylangani ta’kidlandi.

– Bayrog‘imiz – bu nafaqat davlat ramzi, balki Vatanimiz tarixi, kelajakka bo‘lgan intilishimiz va xalqimizga xos jasoratning ifodasidir, – dedi O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev. – Uning har bir rangi, har bir chizig‘i bizga tinchlik, adolat, barqarorlik va yuksak orzu-maqsadlar yo‘lida birlashish zarurligini eslatib turadi. Bugun akademiyamizda o‘tkazilgan tadbir orqali Vatanimiz bayrog‘ini e’zozlash va unga munosib avlod bo‘lish eng oliy vazifa ekanligini yoshlarimizga yana bir bora eslatdik. Akademiyamizda ta’lim olayotgan har bir talaba – kelajakda yurtimizni taraqqiy toptirishga qodir, zamonaviy fikrlaydigan, fidoyi mutaxassis bo‘lib yetishiga ishonchimiz komil.

Bayram tadbirida talabalar tomonidan she’r-qo‘shiqlar aytildi. Ishtirokchilar e’tiboriga sahna ko‘rinishlari havola etildi. Ayniqsa, davlat mukofoti va stipendiyalari sovrindorlari bo‘lgan iqtidorli talabalarning chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.

Akademiya foyesi bo‘ylab fakultetlar tomonidan joylashtirilgan ko‘rgazma, milliy taomlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi.

Shuningdek, “Yoshlar oyligi” doirasida talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” bellashuvlari ham o‘tkaziladi. Talabalarning bilim doirasi, tafakkurini oshirish maqsadida «Zakovat» intellektual o‘yinlari muntazam tashkil etiladi.

N.Usmonova, O‘zA