French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar osmon jismlarini kuzatishga muvaffaq bo‘ldi
11:42 / 2025-04-14

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti tomonidan Jizzax davlat pedagogika universitetida respublika oliy o‘quv yurtlari astronomiya yo‘nalishi talabalari va yosh olimlari uchun “Mirzo Ulug‘bek ilmiy merosining zamonaviy astronomiya fani va ta’limi ravnaqidagi roli” nomli seminar-trening o‘tkazildi.

Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika universiteti, Samarqand davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika universiteti, Shahrisabz davlat pedagogika instituti, Axborot texnologiyalari va menejment universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Navoiy davlat universitetining o‘qituvchilari, yosh olimlari, magistrant va talabalari ishtirok etgan seminar-trening davomida O‘z FA Astronomiya institutining yetakchi mutaxassis olimlari va yosh tadqiqotchilari talabalarni astronomiya fanining qiziqarli yo‘nalishlari, bu sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, erishilayotgan yutuqlar va bugungi kundagi  dolzarb muammolari bilan tanishtirib, maxsus amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Qatnashchilar ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlardan tashqari Astronomiya instituti xodimlari tomonidan tashkillashtirilgan kunduzgi va tungi astronomik kuzatuvlarda ham ishtirok etdi. Kunduzi Quyosh dog‘lari, tungi astronomik kuzatuv davomida esa Astronomiya institutining kichik teleskopi yordamida osmon jismlarini kuzatishga muvaffaq bo‘lishdi.  

Jumladan, teleskop yordamida Yupiter sayyorasi hamda uning yo‘ldoshlari, Oy va undagi kraterlar va boshqa osmon jismlari kuzatildi. Jonli astronomik kuzatuv bo‘lajak astronomlarda juda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, seminar-treningda ishtirokchilar o‘zlarining magistrlik dissertatsiyalari hamda bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar bilan ham ishtirok etdi. Trening savol-javob va muzokaralarga boy tarzda o‘tdi.  

N.Rahmonova, O‘zA