Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar o‘rtasida shaxmat-shashka ustalari aniqlandi
11:24 / 2024-12-21

Samarqand shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Universiada – 2024” sport musobaqalarining shaxmat va shashka turlari bo‘yicha final bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada respublikamizning barcha viloyatlaridan 14 ta jamoa — 56 nafar yigit-qiz o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

Ikki kun davom etgan musobaqaning shashka turi bo‘yicha bellashuvlarning qizlar bahsida Sirdaryo viloyati jamoasi a’zosi Malika Nodirqulova birinchi, Toshkent viloyati jamoasi a’zosi Xumora Xoliqberdiyeva ikkinchi, samarqandlik Charos Bolikova uchinchi o‘rinni egalladi.  

Shashka bo‘yicha yigitlar bellashuvida Toshkent shahri jamoasi a’zosi Ozodbek O‘rmonaliyev birinchi, buxorolik Mirfayz Amanov ikkinchi, andijonlik Oybek Qosimov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

[gallery-20969]

Murosasiz kechgan shaxmat bellashuvlarining qizlar bahsida Toshkent viloyatidan Maftuna Bobomurodova birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, navoiylik Dilnura Rabbimova ikkinchi, jizzaxlik Zuhra Alaxonova uchinchi o‘rindan joy oldi.

Shaxmatchi yigitlar bahsida Toshkent viloyati jamoasi a’zosi Davron Sharipov birinchi o‘rinni band etdi. Ikkinchi o‘rin Toshkent shahri jamoasi a’zosi Rasulbek Abdullayevga, uchinchi o‘rin Samarqand viloyati jamoasi a’zosi Uchqun Umirovga nasib etdi.

Musobqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

G‘.Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari