French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi
14:49 / 2026-01-31

FOTOREPORTAJ

University of Business and Science universitetida Namangan viloyati sport boshqarmasi hamkorligida viloyatdagi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Mazkur musobaqa talaba-yoshlar orasida shaxmat sport turini ommalashtirish, intellektual salohiyatni oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi. Unda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan iqtidorli shaxmatchi talabalar faol ishtirok etdi.

Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda Ibrohim Rahimjonov g‘olib bo‘ldi. Keyingi o‘rinlar Boburmirzo Avazxonov va Javohir Hamroyevga nasib etdi.

[gallery-27408]

Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa Shahzoda Isroilova barcha raqiblaridan ustun kelib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mohlaroyim Fayzullayeva hamda Marjona Abduvaliyeva ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga munosib deb topildi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplomlar, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA