English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar o‘rtasida g‘azal aytish tanlovitalabalar o‘rtasida g‘azal aytish tanlovi
15:17 / 2021-02-14

Bobur nomidagi Andijon viloyati teatrida «Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur izdoshlari» deb nomlangan g‘azal aytish tanlovi o‘tkazildi.

Buyuk mutafakkir, shoir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur tanlovda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etib, ulug‘ shoirlar g‘azallarini yoddan, chiroyli aytish bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Tanlov viloyat hokimining «Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan «Andijon yoshlarni birlashtiradi!» shiori ostida talabalar festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi chora-tadbirlar doirasida tashkil etildi.

Iqtidorli, ijodkor, adabiyotga, she’riyatga qiziqadigan talabalar ulug‘ ijodkorlar g‘azalarini aytish va Navoiy va Bobur ijodi bo‘yicha savol-javoblar doirasida o‘zlarining bilim va salohiyatlarini namoyish etdi.  

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Xurshida Vahobjon qizi boshchiligidagi nufuzli hakamlar xay’ati talabalarning chiqishlarini baholab bordi.

-  Tanlovda talaba yoshlarning faol ishtirok etganligi mumtoz adabiyotimiz, ayniqsa, Navoiy va Bobur ijodiga qiziquvchi, ularning g‘azallarini sevib o‘qiydigan, yoddan biladigan yoshlarimiz juda ko‘p ekanligi bizni behad quvontirdi, - deydi “Andijonnoma” va “Andijanskaya pravda” gazetalari bosh muharriri Saidahmad Shukurov. – Ayniqsa, g‘azallarni yuksak badiiy mahorat ijro etganliklari alohida e’tirofga munosib.

Yakunda 15 nafar talaba «Andijon yoshlarni birlashtiradi!» shiori ostida o‘ztkaziladigan festival doirasida taqdirlanishi uchun tavsiya etildi.

G‘oliblar va barcha ishtirokchilarga Alisher Navoiy va Bobur Mirzo kitoblari sovg‘a qilindi.

[gallery-1158]

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat),

O‘zA