Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar mahallalar bosh rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi
14:25 / 2026-01-26

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida arxitektura yo‘nalishida kadrlar tayyorlovchi oliygohlar rektorlari ishtirokidagi ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy holati og‘ir deb baholangan 903 ta mahalla bilan manzilli ishlash tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Ushbu jarayonga 18 ta oliygohda tahsil olayotgan arxitektura yo‘nalishidagi qariyb 7 ming nafar talaba taklif qilinadi. Talabalar mahallalarning bosh rejalarini ishlab chiqish jarayoniga xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda jalb etiladi.

Shuningdek, mahalla bosh rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha talabalar o‘rtasida tanlov e’lon qilinadi. Eng yaxshi loyihalarni taklif etgan jamoalar 100 million so‘mgacha mukofotlanadi. Bu orqali zamonaviy yosh arxitektor va urbanistlar korpusini shakllantirish maqsad qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallalarni o‘rganish jarayonida geodezik va kadastr ma’lumotlaridan foydalanish, dron va sputnik tasvirlarini jalb etish, sotsio-iqtisodiy tahlillar o‘tkazish, infratuzilma va ijtimoiy xizmatlar holatini baholash, GIS platformalar, 3D modellar va “digital twin” yechimlar joriy etiladi.

Mazkur jarayonlarda professor-o‘qituvchilarning ilmiy rahbarligi, oliygohlar rahbarlarining tizimli nazorati hamda vazirlik tomonidan muvofiqlashtiruv ta’minlanadi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA