Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Talabalar ligasi-2025»: Toshkent shahar bosqichi yakunlandi
20:39 / 2025-03-20

Bugun oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tashkil etilgan «Talabalar ligasi» musobaqasining Toshkent shahar bosqichida g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi.

Ushbu turnir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilmoqda. Musobaqaning Toshkent shahar bosqichida poytaxtda joylashgan 50 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari 8 ta guruhga bo‘lingan holda bahs olib bordi.

Unda «Alfraganus» jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. «Oriental» jamoasi esa kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Endi ushbu uchta jamoa joriy yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadigan «Talabalar ligasi» musobaqasining Respublika bosqichida ishtirok etadi. Shuningdek, so‘nggi bosqichda poytaxtning 3 ta jamoasidan tashqari viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan bittadan jamoa qatnashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA