Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar kontrakt to‘lovi uchun shartnoma olishda nimalarga e’tibor berishlari kerak?
17:28 / 2025-11-04

Huquqiy munosabat

Talabalar to‘lov-kontrakt olish maqsadida  kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan bandga duch kelishadi. Bu bo‘limda talabalar ikki yoki uch tomonlama shartnomani tanlashlari so‘ralmoqda.  

Talabalar bu borada qaysi shartnomani tanlashi kerak bo‘ladi?

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinika uslubchisi Aygerim Aripbayeva bu haqda quyidagilarni ma’lum qildi.

–Saytda joylangan ikki tomonlama shartnoma — bu oliy ta’lim muassasasi (OTM) va talaba o‘rtasida tuziladigan shartnoma hisoblanadi.

Agar talaba kontrakt to‘lovini o‘zining shaxsiy mablag‘idan amalga oshirsa, bu turdagi shartnomani tanlash kerak bo‘ladi. Shuningdek, bankdan ta’lim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining oylik maoshidan to‘lov amalga oshirilsa bu shartnoma tanlanadi.

Uch tomonlama shartnoma esa bu OTM, talaba va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Bu turdagi shartnoma homiy tashkilot, jumladan, korxona yoki fond talabaning kontrakt to‘lovini qoplayotgan bo‘lsa, shuningdek, keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlash sharti bo‘lsa uch tomonlama shartnoma tanlanadi. Homiy tashkilotning STIR raqamlari kiritilishi talab qilinadi.

Shartnoma turini to‘g‘ri tanlash, ariza jarayonini tezlashtirish va kelajakdagi moliyaviy majburiyatlarni aniq belgilash uchun muhim.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA