Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar kichik sanoat zonasiga ishga joylashdi
14:28 / 2022-09-15

Oliy ta’lim muassasalarining talabalarining bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, ularni ishga joylashtirish masalasiga doimiy e’tibor qaratiladi.

Ayni shu muhim vazifalar ijrosidan kelib chiqqan holda, joriy hafta avvalida Namangan muhandislik-texnologiya institutida talabalar bandligini ta’minlash borasida amaliy ishlarga kirishildi.

Institut mas’ullari Davlatobod tumanidagi “Yuksalish” kichik sanoat zonasida joylashgan “Sug‘diyona fayz tekstil” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur jamiyat yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, korxonada ishchi xodimlar uchun qulay ish sharoitlari yaratilgan.

Ayni kunga kelib, korxonada 56 nafar NamMTI talabasi darsdan so‘ng ish faoliyatini olib boradi. Muloqotlardan so‘ng yana 38 nafar ishlash istagidagi talaba uchun  mehnat shartnomalari tuzildi.

 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA