Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar ishtirokida davra suhbati
17:03 / 2024-01-22

Jizzax yuridik texnikumida o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda sud huquq sohasidagi islohotlar, O‘zbekiston Respublikasining “Sud qarorlarini qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik, iqtisodiy protsessual, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan, Jizzax viloyat sudi raisi Akram Shukurov hamda viloyat sudi raisining o‘rinbosari, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Nodirjon Rasulovning ma’ruzalarini katta qiziqish bilan tingladi. 

Jonli muloqot tarzida o‘tgan davra suhbati jarayonida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi. 

[gallery-15589]

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA.