Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar ishga joylashdi
11:29 / 2022-06-19

Navoiy davlat pedagogika institutida Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi tomonidan viloyat hokimligi, prokuratura, xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamkorligida bitiruvchi talabalarni ishga joylashtirish bo‘yicha taqsimot o‘tkazildi.

Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan videoselektorda professional ta’lim tizimi bilan bog‘liq ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha mutasaddilarga muhim topshiriqlar berilgan edi.

– Navoiy davlat pedagogika instituti viloyatda o‘qituvchi-pedagog kadrlar tayyorlaydigan yagona oliy o‘quv yurti bo‘lib, malakali mutaxassis hamda ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydigan o‘ziga xos ilmiy markaz vazifasini o‘tab kelmoqda, – deydi institut Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Bobonazarov. – Institutimizni joriy o‘quv yilida 20 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2029 nafar talaba tamomlamoqda. Bitiruvchilarning 1400 nafari Navoiy viloyati, 367 nafari Samarqand viloyati, 233 nafari Buxoro viloyati va 29 nafari boshqa viloyatlarda istiqomat qiladi. Shuningdek, 17 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 210 nafar bitiruvchi bitirmoqda.

2021-2022 o‘quv yilini tamomlayotgan 2029 nafar bitiruvchining 538 nafari grand asosida tahsil oldi. Ushbu tadbirda 400 dan ortiq talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda ish beruvchi sifatida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi 80 ta, maktabgacha ta’lim boshqarmasi 50 ta, kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi 3 ta, shuningdek sportni rivojlantirish, turizm va madaniy meros hamda madaniyat boshqarmalari ham o‘z bo‘sh o‘rinlarini institut talabalari bo‘lgan yosh mutaxassis kadrlar bilan to‘ldirdi.

Abduvaali Bo‘riyev, O‘zA