Talabalar intellekti sinovdan o‘tkazildi
Poytaxtimizda Yoshlar ishlari agentligi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda talabalar o‘rtasidagi yirik intellektual musobaqa — “Intellektual olimpiada” bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2022 yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu nufuzli musobaqa yoshlarning bilim salohiyati, mantiqiy fikrlashi va intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bu yil mamlakatimizning barcha hududlaridan saralangan 50 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari 6 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

Bellashuvlar yakunida umumjamoa hisobida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida mos ravishda 2 milliard, 1,5 milliard va 1 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA