Talabalar ham referendumda faol
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar ham referendumda faol ishtirok etmoqda.

– Kunduzgi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 8533 nafar talabadan 8408 nafari referendumda qatnashishi kutilmoqda, – deydi institut yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Umirbek Toshniyozov. – 7211 nafar talaba o‘z mahallasidagi uchastka komissiyasida ovoz beradi. Boshqa hududlardan kelgan 1197 nafar talabamiz esa Qarshi shahrida ovoz berish jarayonlarida o‘z xohish-irodasini bildirmoqda.

Bugun nafaqat o‘zining, balki mamlakat taqdiriga befarq bo‘lmagan talaba-yoshlar konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanib, referendumda faollik ko‘rsatmoqda. Ovoz berish jarayoni ko‘tarinki ruhda, zo‘r kayfiyatda o‘tmoqda.
O‘lmas Baratov, O‘zA.