Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar chiqindilarni yig‘ish aksiyasini tashkil etdi (+video)
12:26 / 2025-10-27

Prezidentimiz raisligida joriy yil 14 oktyabr kuni mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatimizda tozalik va ozodalik oyligini e’lon qilish tashabbusi ilgari surilib, har bir ko‘cha, yo‘l, ariq va boshqa hududlarni tartibga keltirish, doimo ozoda tutish shartligi qayd etilgan edi.

Surxondaryo viloyatida ham tozalik va ozodalik oyligi uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Bu xayrli tashabbusga qo‘shilgan Termiz davlat universiteti talaba-yoshlari ham “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz!” shiori ostida keng ko‘lamli tozalash aksiyasi ploging tadbirini o‘tkazdi.

Aksiyada mingga yaqin tabiatsevar talaba ishtirok etib, Termiz shahri mahallalarining yo‘l chetidagi chiqindilarni yig‘di. Hududlarda yirik hajmdagi obodonlashtirish ishlarini bajardi. 

– Prezidentimizning 14 oktyabrda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlari Termiz davlat universitetida ham bajarilmoqda, – deydi TerDU rektorining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Izzat Tolipov. – “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz!” shiori ostida mingga yaqin talabamiz ploging loyihasida ishtirok etib, shahrimiz ozodaligi uchun o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Bu loyihamiz davom etadi. Barcha talabalarni ushbu aksiyada ishtirok etishga chorlaymiz.

Tadbir ishtirokchilarining ona tabiatga mehr-e’tibori va tashabbuskorligi bilan fidoyi talabalar aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish va atrof-muhitni toza, ozoda saqlashga munosib hissa qo‘shdi.

Shu kuni talaba-yoshlar viloyat markazidagi mahallalar hududida to‘plagan besh tonnadan ortiq maishiy chiqindi maxsus texnikalar yordamida belgilangan joylarga olib chiqildi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/QAYrI-CJ128" title="Talabalar chiqindilarni yig‘ish aksiyasini tashkil etdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA