French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishdi
12:01 / 2025-09-29

FOTOREPORTAJ

Buxoroda bitiruvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish maqsadida “TalabaExpo-2025” kasb ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Tadbir “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklari, viloyat hokimligi, “O‘zmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi. Unda so‘z olganlar “TalabaExpo-2025” kasb ko‘rgazmasining yoshlar bandligini ta’minlashdagi ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgani, bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar hamda ko‘rgazmaning ahamiyati haqida to‘xtaldi. 

[gallery-25514]

Ko‘rgazmada viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari va bitiruvchilari ishtirok etdi. Ularga 100 dan ziyod yirik ish beruvchi tomonidan 1000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni taklif etildi.

Tohir ISTATOV olgan (surat), O‘zA