Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar bog‘i barpo etildi
16:23 / 2021-12-02

Toshkent moliya instituti hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi hamkorligida «Yoshlik» talabalar shaharchasida «Yashillikka burkansin olam» shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

Ekologik tadbir doirasida talaba-yoshlar, institut rahbariyati va partiya faollari tashabbusi bilan shaharchaning maxsus hududiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida shahar va qishloqlarni yashil maydonga aylantirish, go‘zal bog‘-rog‘lar yaratish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha samarali ishlar qilinyapti. Bunga talabalar ham o‘z hissasini qo‘shdi.

Institut rektori To‘lqin Teshaboyev, Ekopartiya raisi o‘rinbosari Saidrasul Sanginov boshchiligida o‘tkazilgan tadbir hashar tarzida davom etdi.

Ta’kidlanganidek, barpo etilayotgan bog‘ mutaxassislar nazoratida bo‘ladi, shuningdek, mevali daraxtlar to‘liq talabalar ixtiyoriga o‘tkazilib, yetishtirilgan mahsulotlar talabalar tasarrufida bo‘ladi.

Barpo etilayotgan bog‘ 2022 yil bahorida yanada kengaytirilishi va yiliga ikki marotaba hududda an’anaviy bog‘ tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

 

D.Mamatova, O‘zA