FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-yoshlarning ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini ta’minlash maqsadida ish beruvchilar bilan hamkorlikda vakansiya va amaliyot yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Yarmarkada 50 ga yaqin tashkilot o‘zining 1 ming 650 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.
Tadbirga talaba-yoshlar mavjud ish o‘rinlari bilan tanishib, mutasaddi tashkilot vakillarga o‘zlarini qiziqtirgan soha bo‘yicha ishlash taklifi bilan murojaat qildi.
Joriy o‘quv yilida mazkur bilim dargohini 431 nafar talaba bitiradi. Akademiyada talabalar hamda ish beruvchi tashkilotlar bilan mehnat yarmarkalari o‘tkazilishi muntazamlik kasb etgan bo‘lib, joriy yil boshidan buyon talabalar bandligini ta’minlashga qaratilgan 15 dan ortiq tadbir va mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Ushbu mehnat yarmarkalarida 150 dan ortiq bitiruvchi talabalar bandligi ta’minlandi. Shuningdek, 1-3 kurs talabalaridan 181 nafari ham bugungi kunda ish joyiga ega.
Ta’kidlash joiz, dunyodagi yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot markazlari orasida o‘z nufuziga ega bo‘lib borayotgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bugungi kunda 1 ming 670 nafar talaba tahsil olmoqda. Ular orasida Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Afg‘oniston davlatlari fuqarolari ham bor. Talabalarga olimlar, sohaning yetuk mutaxassislari saboq beradi. Majmuada muntazam ravishda moddiy-texnik bazani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Yoshlar zamonaviy talabga mos ta’lim olishi uchun bu yerda barcha sharoit muhayyo.
[gallery-6608]
Kamola Yusupova,
Nosirjon Haydarov (surat) O‘zA