Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Talabalar bahori” yoshlar festivali
10:39 / 2024-03-08

Termiz shahrida “Talabalar bahori” deb nomlangan yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.

Festival talaba-yoshlarning ommaviy yugurish marafoni bilan boshlanib, ommaviy velomarafon, “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni, “Har bir yoshga bir nihol”, Muzeylar – yoshlar nigohida” kabi tadbirlar bilan davom etdi. Talabalar o‘rtasida minifutbol, kurash, kamondan o‘q otish, badiiy gimnastika, stol tennisi, shaxmat, armrestling, tosh ko‘tarish, arqon tortish, kuch sinash va milliy sport musobaqalari, “QVZ” ko‘rik-tanlovi, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Baxshichilik”, “Chanqovuz” va “Sibizg‘a” tanlovlari, milliy taomlar tayyorlash musobaqasi o‘tkazildi. 

Ayni paytda viloyatdagi yettita oliy ta’lim muassasasida 50 mingdan ortiq yigit-qiz ta’lim olib, Yangi O‘zbekistonga munosib kadrlar bo‘lib ulg‘aymoqda. Ularning ilm-fan sirlarini chuqur egallashi, jismonan toblanishi va o‘z iste’dodini keng namoyish etishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

Festivalning tantanali taqdirlash marosimi Termiz shahridagi San’at saroyi hududida bo‘lib o‘tdi. Unda musobaqalar, tanlov va o‘yinlar g‘oliblariga sovg‘alar hamda pul mukofotlari topshirildi. 

Tadbir poytaxtdan kelgan san’atkorlar va viloyat xonandalarining gala konserti, mushakbozlik va lazer shousi bilan yakunlandi.

Tantanali marosimda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri