Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talaba-yoshlarni birlashtirgan kibermaydon
17:25 / 2025-11-20

Kibersport yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Zamonaviy raqamli dunyoda elektron o‘yinlar endi shunchaki hordiq chiqarish vositasi emas, balki tezkor fikrlashni, strategik qaror qabul qilishni va jamoada ishlashni talab qiladigan jiddiy sport turiga aylandi.

Xalqaro press-klub tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan “IPC-CUP” kibersport musobaqasining final bosqichi fikrimizning tasdig‘idir.

Musobaqada Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari talabalari FIFA, PUBG va CS2 yo‘nalishlari bo‘yicha yakkalik va jamoaviy tarzda ishtirok etdi.

Saralash bosqichida poytaxtdagi OTMlardan 30ga yaqin jamoa qatnashib, eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘yinchilar finalga yo‘l oldi.  

Final bellashuvlari yakuniga ko‘ra, FIFA Solo (yakkalik) yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin – Shohrux Shermatov (O‘zbekiston milliy universiteti), FIFA Duo (jamoaviy) bo‘yicha 1-o‘rin – Javlon Esonov va Qahramon Solihboyev (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti), PUBG bo‘yicha jamoaviy natijalar

1-o‘rin – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, CS2 bo‘yicha jamoaviy natijalar 1-o‘rin – Vebster universiteti g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

N.Rahmonova, O‘zA