Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talaba-yoshlarga guvohnomalar topshirildi
08:10 / 2024-09-21

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 2024-2025 o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarga guvohnoma topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, ularning ota-onalari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi T.Romanov, universitet rektori A.Reymov so‘zga chiqib, joriy o‘quv yilida o‘qishga qabul qilinib, talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan talaba-yoshlarni va ularning ota-onalarini qutladi.  

Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbarining 2022 yil 31 avgustdagi “Qoraqalpog‘iston Recpublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik natijasida joriy yilda ham shahar va tumanlar uchun zarur bo‘lgan mutaxassislik soni, kadrlarning ichki ehtiyojidan kelib chiqib, 10 mingta qo‘shimcha kvota ajratilgani, shundan, 968 nafar talaba Qoraqalpoq davlat universitetiga qabul qilinganligi qayd etildi.  

Yoshlarga shunday imkoniyatlar yaratib berayotgan Prezidentimizga minnatdorlik bildirildi. Mamlakatimizda ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan yangi islohotlar, shuningdek, davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imtiyozlardan unumli foydalanib, kelgusida yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qiladigan kadrlar yetishib chiqishiga ishonch bildirildi.

Tadbir yakunida yuqori ball to‘plagan talaba-yoshlarga talabalik guvohnomalari topshirildi va universitet jamoasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.