Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talaba-yoshlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan tanishdi
12:25 / 2025-11-30

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida Termiz davlat universiteti talabalari uchun “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.

Tadbirda dastlab viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma’naviy –ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash bo‘limi xizmatida ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilish tartibi, qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi. Ekspert-kriminalistika markazi bo‘limi, tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi faoliyati bilan ham tanishdi. Talabalar osoyishtalik posbonlarining xizmat burchlari, xizmat chog‘ida foydalanadigan texnika va qurollari bilan qiziqdi. Savollariga atroflicha javob oldi.

Soha mutaxassislari, shuningdek, talabalarga kelgusida biror-bir salbiy holat sababli huquqbuzar yoki sodir etilgan huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanib qolmaslikning oldini olishga qaratilgan tushuntirishlar berdi. 

“Ochiq eshiklar” kuni yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat va milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini yuksaltirgani yo‘naltirilgani ahamiyatli bo‘ldi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA