French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talaba-yoshlar faolligini oshirishga bag‘ishlangan konferensiya
21:15 / 2025-11-27

Bugungi raqamlashuv jarayonida talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligi, intellektual salohiyati va innovatsion tafakkurini rivojlantirish mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

“Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida talaba-yoshlar faolligini oshirishning ilmiy va innovatsion tendensiyalari” mavzusida o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ham ta’lim tizimidagi zamonaviy yondashuvlarni ilmiy jihatdan muhokama qilish, yoshlarning faol ishtirokiga oid samarali mexanizmlarni ishlab chiqish hamda ularning jamiyatdagi roli va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ilmiy takliflarni shakllantirish maqsad qilib qo‘yilgan.  

Anjumanda respublikaning yetakchi olimlari, professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistrantlari ishtirok etib, sohaga doir dolzarb masalalar yuzasidan faol fikr almashdi.

Tadbir davomida zamonaviy ta’lim jarayoni, talabalarning amaliyot imkoniyatlari hamda Yangi O‘zbekistonda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida so‘z yuritildi.

Ushbu konferensiyaning asosiy maqsadi yangi O‘zbekiston taraqqiyotida talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha ilmiy va innovatsion yondashuvlarni tadqiq etish va amaliyotga tatbiq etish.  

Shu maqsadda konferensiya ishtirokchilariga yoshlar faolligini rag‘batlantirish, ularning ilmiy, madaniy va ijtimoiy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha samarali mexanizmlarni muhokama qilish imkoniyati yaratildi.  

Konferensiya doirasida talaba-yoshlarning volontyorlik faoliyati, ustoz-shogird an’analari va milliy oilaviy qadriyatlar kabi ijtimoiy va ma’naviy jihatlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilindi.  

Shuningdek, xalqaro tajribalar va ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish orqali yoshlar tarbiyasi va ularning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqildi.

Ushbu tadbir ishtirokchilarga talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish, ularni samarali boshqarish va motivatsiya berish mexanizmlari bo‘yicha ilmiy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatini beradi.  

Shu bilan birga, konferensiyada ishlab chiqilgan yechimlar nafaqat akademik sohada, balki milliy va xalqaro miqyosda yoshlar siyosati, madaniy-ma’rifiy faoliyat va innovatsion loyihalar jarayonida ham dolzarb ahamiyatga ega.

Xulosa qilib aytganda, anjuman yoshlar siyosati, ta’lim tizimi zamonaviylashuvi, innovatsion yondashuvlar va milliy qadriyatlarni mustahkamlashda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi. Unda ilgari surilgan fikr va takliflar talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini yanada kuchaytirish, ularning ilm-fan, madaniyat va jamiyatdagi ishtirokini kengaytirishga oid amaliy mexanizmlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi.  

Tadbir yakunida qatnashchilarning ilmiy ishlari xalqaro platformalarda indekslanishi va ularga sertifikatlar berilishi konferensiyaning amaliy ahamiyati va nufuzini yanada oshirdi.  

Ushbu anjuman kelgusida yoshlar faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbuslar va ilmiy tadqiqotlar uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

Dildora DO‘SMATOVA, O‘zA