FOTOREPORTAJ
Namangan davlat universiteti sport majmuasida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir bir vaqtning o‘zida “Zoom” platformasi orqali respublikamizdagi barcha oliy o‘quv yurtlarida kuzatildi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova, Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bozorov, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Akram Dadaboyev, viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Mirzatov hamda oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
[gallery-25407]
Musobaqalar professional ta’lim muassasalari o‘rtasida 3 bosqichda – voleybol, stol tennisi, yengil atletika, shaxmat va shashka, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida esa 4 bosqichda – mini-futbol, voleybol, stritbol, yengil atletika hamda stol tennisi turlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida yuqori natija qayd etgan g‘olib va sovrindor talabalar I, II va III-darajali ko‘krak nishonlari hamda sport formalari bilan taqdirlandi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA