Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talaba-sportchimiz Xitoyda o‘tgan qit’a chempionatida shohsupaga ko‘tarildi
17:07 / 2026-01-13

Xitoy Xalq Respublikasining Luchjou shahrida aralash jang san’atlari bo‘yicha o‘tgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik yosh sportchi sovrindorlikka erishdi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Mirjamol Mirsaidov MMA bo‘yicha -60 kilogramm vaznda qit’aning eng mahoratli sportchilariga munosib qarshilik ko‘rsatdi.

Saralash bellashuvlarida zafar quchgan hamyurtimiz final ostonasida xitoylik raqibi bilan o‘tkazgan teng kurash natijasiga ko‘ra, 3-o‘rinni egalladi.

Chempionatda irodasini namoyish etgan Mirjamol Mirsaidov bronza medali, diplom va tegishli pul mukofoti bilan taqdirlandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA