Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talaba-sportchilarimiz III Turkiy davlatlar universiada o‘yinlarida qatnashadi
10:14 / 2025-09-02

Bugun, 2 sentyabr kuni 82 nafar talaba-sportchilar, murabbiy va mutaxassislardan iborat O‘zbekiston sport delegatsiyasi joriy yilning 3-9 sentyabr kunlari Qirg‘izistonning Cho‘lpon-ota shahrida talabalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan III Turkiy davlatlar universiada o‘yinlarida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.

Universiada o‘yinlarida Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon va O‘zbekiston jamoalari qatnashish talabnomalarini taqdim etgan.

O‘yinlar dasturiga muvofiq, musobaqalar yettita sport turi - shaxmat, stol tennisi, voleybol, dzyudo, erkin va yunon-rum kurashi hamda futzal bo‘yicha o‘tkaziladi.

Mazkur Universiada o‘yinlarida mamlakatimiz talaba-sportchilari dasturdan o‘rin olgan barcha yo‘nalishlarda Vatanimiz sharafini himoya qiladi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA