Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan turizm sohasi vakillari hamkorligida “Namanganda turizm va Namangan davlat chet tillari instituti: o‘zaro hamkorlikning rivojlanish istiqbollari” mavzuida seminar-trening o‘tkazildi.
“InnoWeek” – innovatsion g‘oyalar haftaligi va “XXI asr ayoli” festivali doirasida tashkil etilgan tadbirda “Puo Travel” turfirma hamda Axsikent arxeologiya merosi ob’ektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi vakillari, institut o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.
[gallery-14119]
– Bugungi seminar-trening talaba-qizlarni ta’lim jarayoniga yangicha qarab, zamonaviy ko‘nikmalarni egallashi uchun o‘ziga xos motivatsiya beradi, - deydi institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Aziza Mirzanazarova. – Bugunning qizlari uy yumushlarini bajarishdan tashqari, zamonaviy kasb-hunar egallashi yoki jamiyatning turli sohalarida samarali faoliyat yuritishi uchun yetarli sharoit yaratilgan. Xususan, institutimiz qizlari bir nechta tillarda erkin so‘zlasha oladi. Turizm sohasi rivojlanayotgan viloyatimizda esa tarjimonlarga talab katta. Shu bois, turizm sohasi vakillari bilan hamkorligimiz o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan.
O‘zA fotomuxbiri
Hotam Mamadaliyev olgan suratlar