Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talaba bo‘lish oson kechmaydi
16:30 / 2023-07-27

Mamlakatimizdagi ayrim oliy ta’lim muassasalarida alohida qobiliyat talab etadigan ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari davom etmoqda.

Namangan to‘qimachilik sanoati institutining dizayn (to‘qimachilik va yengil sanoat dizayni) ta’lim yo‘nalishida o‘qish istagini bildirgan 115 abituriyent soha bo‘yicha ijodiy imtihonlarda qatnashmoqda. Ijodiy imtihonning dastlabki kunida 72 nafar talabgor o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi. Imtihon o‘tkaziladigan manzilga zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatilib, institutning maxsus elektron platformasi hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatib borish yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa ota-onalar va keng jamoatchilik vakillariga istagan joydan turib, sinovlarni kuzatib borish imkonini beradi.  

– Bolaligimdan dizayner bo‘lishni orzu qilganman, shunga erishish uchun Namangan to‘qimachilik sanoati institutini tanladim va ijodiy sinovlarni topshirdim, – deydi Ruxshona Zayniddinova. – O‘z yaratgan asarimdan mamnunman. Imtihonlar ochiq va shaffof o‘tmoqda. Jarayonlarni ota-onam uyimizdan turib kuzatib borishyapti. Darvoqe, ijodiy imtihonlarni o‘tkazishga Respublika Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining yetakchi professor-o‘qituvchilari bosh-qosh bo‘lmoqda. Shuningdek, jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari, Yoshlar ishlari agentligining Namangan viloyatidagi mutaxassislari ham jarayonlarni kuzatib bormoqda. Eslatib o‘tamiz, Namangan to‘qimachilik sanoati institutining dizayn (to‘qimachilik va yengil sanoat dizayni) ta’lim yo‘nalishi uchun 75 kvota ajratilgan bo‘lib, shundan ijodiy va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tadigan 5 nafar abituriyent davlat granti asosida va 70 nafari esa to‘lov-shartnoma shaklida talabalikka qabul qilinadi.  

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA