“O‘ztransgaz” AJga qarashli Muborak gaz quvurlari boshqarmasida “Ob’ekt rahbariyati, ishchi-xizmatchilari, fuqaro muhofaza tuzilmalari va fuqaro muhofasi tuzilmalari va qo‘riqlash xizmatining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida maxsus taktik o‘quv-mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda boshqarma hududi bo‘ylab belgilangan 6 ta o‘quv nuqtasida maxsus taktik-o‘quv mashqlarini bajardi.
Mashqlar davomida guruhlar ob’ekt hududida sodir bo‘lgan (shartli) zilzila natijasida yuzaga kelgan portlash va yong‘in oqibatida jarohatlangan xodimlarni qutqarish, ularga jiddiy yordam ko‘rsatish, ob’ekt hududidagi AYOQSHda yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf etish, jarohatlanganlarni qutqarish va tibbiy yordam ko‘rsatish, hududda yuzaga kelgan ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish kabi 6 bosqichdan iborat vazifalarni bajardi.
[gallery-11747]
– “O‘ztransgaz” AJning Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasi respublikamizda neft-gaz sohasidagi strategik ahamiyatga ega korxonalardan sanaladi, – deydi boshqarmaning sanoat xavfsizligi bo‘yicha muhandisi Elyor Namozov. – Boshqarmaning asosiy vazifasi tozalangan hamda iste’molga tayyor bo‘lgan tabiiy gazni transportirovka qilish, iste’molchilarga yetkazib berishdan iborat. bugungi tadbirlardan asosiy maqsad ob’ektdagi ishchi xizmatchilarni ob’ektda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda va texnogen tusdagi holatlarga shay holatda bo‘lishini va ushbu holatlarda qanday harakat qilish amaliy ko‘nikmalarini egallash. Maxsus taktik o‘quv-mashqlari ob’ektning fuqaro muhofasi tuzilmalari, yong‘in qutqaruv qismi xizmati, Muborak gazni qayta ishlash zavodining yong‘in qutqaruv qismi hamda tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Yakunda taktik o‘quv-mashqlarida faol ishtirok etgan guruh a’zolari tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
O‘lmas Barotov,
Jamshid Norqobilo (surat) O‘zA.