“Taktik boshqariladigan qurol” sinovdan o‘tkazilgani ma’lum qilindi
Shimoliy Koreya matbuoti mamlakat armiyasi tomonidan “taktik boshqariladigan qurol” sinovdan o‘tkazilganini ma’lum qildi.
Shimoliy Koreya matbuoti mamlakat armiyasi tomonidan “taktik boshqariladigan qurol” sinovdan o‘tkazilganini ma’lum qildi. Shimoliy Koreya rasmiy axborot agentligining xabar qilishicha, sinov KXDR yetakchisi Kim Chen In rahbarligida bo‘lib o‘tdi.
Xabarda tafsilotlar aytilmagan, ammo g‘arb tahlilchilari, bu yerda gap dengiz, havo va yerda harakatlana oladigan taktik qurol haqida ketayotganini aytmoqda. Pentagonning ma’lum qilishicha, kuzatuv tizimi Shimoliy Koreyadan raketa uchirilganini payqamagan.
Mutaxassislarning fikricha, o‘tkazilgan sinov Pxenyanga nisbatan mavqeni yumshatish bo‘yicha Vashingtonga berilgan signal bo‘lishi mumkin ekan. O‘tgan yilning dekabrida Xanoyda Kim Chen In bilan ikkinchi bor uchrashgan Prezident Tramp kutilmaganda sammitni yakunladi. Pxenyan qurolsizlanishni istamayotganidan xabardor bo‘lgach qo‘shma bayonotni imzolamadi. Yangi sinov Vashington tomonidan Shimoliy Koreya yadro qurollari masalasida muzokaralarni qayta tiklashga bo‘lgan urinishi fonida o‘tkazildi.