Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Takroriy ovoz berish jarayonlarida jami 5 millionga yaqin saylovchi ishtirok etishi kutilmoqda
12:09 / 2020-01-05

Ushbu okruglardagi saylovchilarning umumiy soni 3 million 148 ming 921 kishini tashkil etadi.


Xalqaro matbuot markazida boʻlib oʻtgan brifingda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi boʻyicha takroriy ovoz berish jarayoni haqida maʼlumot berdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi eʼlon qilgan maʼlumotga koʻra, bugun 25 saylov okrugidagi 1730 saylov uchastkasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligi uchun takroriy ovoz berish jarayoni boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu okruglardagi saylovchilarning umumiy soni 3 million 148 ming 921 kishini tashkil etadi.

Shuningdek, xalq deputatlari viloyat Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi 95 saylov okrugidagi 1104, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi 587 saylov okrugidagi 1117 saylov uchastkasida ham takroriy ovoz berish oʻtkazilmoqda. Ushbu saylov uchastkalari bilan qoʻshib hisoblaganda, takroriy ovoz berish jarayonlarida jami 5 millionga yaqin saylovchi ishtirok etishi kutilmoqda. 

photo5229124770690346050.jpg

2019-yil 22-dekabr kuni boʻlib oʻtgan saylovning birinchi tur yakunlariga koʻra, 125 deputatlik oʻrnidan 42 nafari Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, 34 nafari Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, 20 nafari Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demoratik partiyasi, 18 nafari Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi hamda 11 nafari Oʻzbekiston Ekologik partiyasi vakillariga nasib etgan.

Bugungi takroriy ovoz berishda deputatlik oʻrni uchun Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 15, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 11, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demoratik partiyasidan 10, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan 9, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan 5 nafar nomzod kurashmoqda. Ularning 18 nafarini ayollar tashkil etadi.

Demak ikkinchi turda ham deputatlik uchun qizgʻin kurash kechishi tabiiy.