Shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab viloyat pillakorlari tomonidan hosilni yig‘ish ishlari davom etmoqda.
Jumladan, Namangan va Buxoro viloyatlarida takroriy mavsum pilla terimi yakunlandi.
Jizzax viloyatining Mirzacho‘l, Sh.Rashidov, Forish va Do‘stlik tumanidagi kasanachilar tayyor bo‘lgan xom pillani dastadan terdi. 3-4-mavsumga ajratilgan pilla qurtlariga dastalar qo‘yilmoqda.
Pillakorlarga viloyat Agropilla mutaxassislari tegishli tavsiyalar berib, pilla hosilidagi yig‘im-terim ishlarini o‘rganib chiqmoqda.
Andijon viloyati tumanlarida ham tutzorlarni nazorat qilish, tut parvonasiga qarshi kurashish maqsadida kimyoviy ishlov berish, takroriy pilla boqish mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida xonadonlardagi ipak qurtlarini nazorat qilish hamda terim ishlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyatida ham tut plantatsiyalarida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilib, nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, qolgan viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham mazkur tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA