Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Takroriy guvohnoma berilmaydi
19:13 / 2020-11-21

AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova aholi savollariga javob qaytardi.

–II guruh nogironiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda qanaqa imtiyozlar mavjud?

–Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga ko‘ra, I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.  

–Ota-onalik huquqidan mahrum etilganman. Bolamning tug‘ilganligi haqidagi takroriy guvohnomasini olishim uchun FHDYOga borgandim, rad javobi berishdi. Bu asoslimi?

–Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 33-bandiga ko‘ra, otalik-onalik huquqlaridan mahrum qilingan shaxslarga bolalarining tug‘ilganligi haqida takroriy guvohnoma berilmaydi.

–Ko‘chmas mulk ob’ektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi qanaqa?

–Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi 535-son qaroriga asosan tijorat banklari, davlat notarial idoralari orqali yuborilgan ko‘chmas mulk ob’ektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalari Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi tomonidan bir ish kuni mobaynida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yuboriladi.

–Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi qancha muddatga beriladi?

–Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 martdagi 89-son qaroriga asosan ruxsat guvohnomasi har bir umumiy ovqatlanish ob’ekti uchun arizada ko‘rsatilgan muddatga, lekin ko‘pi bilan ikki yil muddatga beriladi.

O‘zA