Takroriy ekinlar ekish uchun bir o‘tishda tuproqni ag‘darmasdan ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina
Sherzod Baxtiyorovich QURBANOV Dotsent Texnika fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Qarshi, O‘zbekiston sherzod.020508@mail.ru
Annotatsiya
Ushbu maqolada donli ekinlardan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlarni ekish uchun bir o‘tishda tuproqni ag‘darmasdan ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashinaning umumiy tuzilishi, ishlash prinsipi va u bajaradigan texnologik ish jarayoni hamda mashina qo‘llanilganda erishiladigan iqtisodiy samara haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Tayanch so‘zlar: kombinatsiyalashgan mashina, takroriy ekin, tuproq, ag‘dargichsiz ishlov berish, texnologiya, ariqochgich.