Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Takroriy ekinlar – baraka manbai
09:50 / 2022-10-03

Fotoreportaj

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Baxtiyor Ne’matjon Shavkatjon” fermer xo‘jaligi ekin maydoni 255 gektar bo‘lib, bu yil  120 gektarida paxta, 120 gektarida g‘alla yetishtirildi. 

[gallery-9008]

-Ekin maydoni bir qismiga tomchilab sug‘orish texnologiyasini  o‘rnatganmiz, - deydi fermer xo‘jaligi rahbari  Baxtiyor Tojiboyev. – G‘alladan bo‘shagan maydonda mosh, loviya singari takroriy ekinlar ekib, mo‘l hosil olishni ko‘zlab turibmiz. Shu bilan birga 78 gektar maydonda makkajo‘xori yetishtiryapmiz. Har gektar maydondan 50 tonnadan makkajo‘xori yig‘ishtirib olish harakatidamiz. Daromad ham shunga yarasha bo‘ladi, albatta.

Bundan tashqari ushbu xo‘jalikda asalarichilik  yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda 30 kishi doimiy ish bilan ta’minlangan bo‘lib, yig‘im-terim pallasida yuz nafargacha mavsumiy ishchilar jalb qilinadi.


Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA