Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Takroriy ekin qo‘shimcha daromad keltiradi
14:37 / 2025-07-08

Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish va urug‘chilik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Bo‘stonliq kartoshkachilik markazi”ga qarashli yer maydonlarida kechki kartoshka ekish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Xurshid Qoraboyev, Bo‘stonliq tuman hokimi Jo‘rabek Ahmedov, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hududiy bo‘limi mas’ullari, hamkor mutasaddi tashkilotlar vakillari qatnashib, yer maydonlarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Agroinspeksiyaning Bo‘stonliq tuman bo‘limi bosh mutaxassisi B.Riqsiboyevning qayd etishicha, Toshkent viloyatida g‘alladan bo‘shagan yer maydonlariga jami 20 ming gektar kechki kartoshka ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan Bo‘stonliq tumani hissasiga 1 ming gektar yer maydoni to‘g‘ri keldi. 

Amaliy seminarda fermerlarga kechki kartoshka yetishtirishda samaradorlikni oshirish, agrotexnika qoidalariga qat’iy amal qilish, suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 Shuningdek, ekish mavsumi davomida klaster va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga mahalliy va xorijiy urug‘lik kartoshkalarni belgilangan muddatlarda yetkazib berilishi aytildi. Joylarda ekilishi, urug‘lik kartoshka saqlanayotgan omborxonalarda urug‘liklarni belgilangan talablarga rioya qilgan holda saqlash nazorat qilib boriladi.

A.Musayev,O‘zA.