Takroriy ekin — daromad manbai
Keyingi yillarda yer maydonlariga takroriy ekin ekish asnosida aholi bandligi va farovonligini oshirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Ahamiyatlisi shundaki, yerga qadalgan urug‘ shu yilning o‘zidayoq hosil beradi. Bundan bobodehqonlarimiz unumli foydalanib, hosildorlik unumini oshirish bilan band.
Xususan, Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga qarashli Uychi nav sinash stansiyasida joriy yil g‘alladan bo‘shagan 19,5 gektar maydonlarning 10 gektariga makkajo‘xori, 6 gektariga mosh va 3,5 gektariga moyli ekinlar ekilib, parvarish qilinmoqda.

Bugungi kunda ushbu maydonlardagi ekinlar 200 kg/ga fosforli, 300 kg/ga azotli va 100 kg/ga kaliyli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, peshma-pesh sug‘orildi. Shuningdek, kasallik va zararkunandalar bilan zararlanishning oldini olish maqsadida bargdan oziqlantirish va kimyoviy preparatlar bilan profilaktik ishlovlar amalga oshirildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA