Mamlakatimizda g‘alladan bo‘shagan maydonlarda serdaromad va eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, talab etiladiganmoddiy resurslarni yetkazib berish hamda aholi bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, joriy yilda Toshkent viloyatida ertakiekinlardan va g‘alladan bo‘shagan 80 ming gektar maydonlarga takroriy ekinlar ekilishi rejalashtirilgan. Bu yil hudud dehqonlari tomonidan mavjud 103 minggektar yer maydonida yetishtirilgan g‘allani nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

– Aholini arzon, sifatli, oziq-ovqat va qishloqxo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan maydonlar shudgorlanib, takroriy ekin ekilyapti. Jumladan, 15 ta tumanidagifermer xo‘jaliklarining ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan 80 ming gektar yer maydonlariga takroriy ekin ekish ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Tahlillargako‘ra, shu kunga qadar viloyat bo‘yicha jami 10 ming 249 gektar, shundan 156 gektar yer maydonida sabzavot, 5 ming 91 gektar dukkakli ekinlar, 131 gektar poliz, 612gektar sholi, hamda 4 ming 259 gektar yerda ozuqa ekinlari ekilishi ta’minlandi. Hozirda takroriy ekinlarni o‘z vaqtida ekish yuzasidan “O‘zagroinspeksiya”ning Toshkent viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limi xodimlaritomonidan joylarda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda, – deydi “O‘zagroinspeksiya”ning Toshkent viloyati boshqarmasi sho‘basi boshlig‘i Sherzod Usubaliyev.
A.Musayev, O‘zA.