Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Takomillashtirilgan makkajo‘xori yig‘ish mashinasi ishlab chiqildi
16:09 / 2020-02-07

Mamlakatimizda dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan asosiy va takroriy ekin sifatida makkajo‘xori keng ko‘lamda yetishtirilmoqda.


Ilm-fan yutuqlari

Mamlakatimizda dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan asosiy va takroriy ekin sifatida makkajo‘xori keng ko‘lamda yetishtirilmoqda. Uning poyasi va donini chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va shu kabi sohalarda to‘yimli ozuqa hisoblanadi.

Biroq joylarda ekin hosilini yig‘ishtirish uchun maqbul texnikalarning yo‘qligi esa qo‘l mehnatini ko‘paytiradi. Bu esa mehnat sarfining oshishi va o‘rim-yig‘im ishlarining cho‘zilishiga olib kelyapti.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining katta ilmiy xodimi Bobomurod Hotamovning ilmiy izlanishi natijasida yuqorida ta’kidlangan muammoga yechim topildi.

Mutaxassis makkajo‘xorini yig‘ishtirishning resurs tejamkor texnologiyasi va uni amalga oshiradigan mashinalarni ishlab chiqish ustida tadqiqot o‘tkazib, qator oralari 60, 70, 90 santimetrga sozlanadigan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan TTZ-80.10 va TTZ-80.11 traktorlariga tirkab ishlatish mumkin bo‘lgan makkajo‘xori yig‘ish mashinasining donini qobiqli so‘ta ko‘rinishida, poyasini esa maydalab yig‘ishtirib oladigan makkajo‘xori yig‘ishtirish mashinasini ishlab chiqdi. Mazkur ilmiy ishini u 2019 yilda muvaffaqiyatli himoya qildi.
Ushbu mashinaning mavjud KKP-2, KKP-3 kabi mashinalardan farqi shundaki, unda so‘talarning qobig‘ini ajratish qismining yo‘qligi hisoblanadi. Bu mashinaning massasi, gabarit o‘lchamlari va energiya sarfini 1,5-1,8 martaga kamaytirishga imkon berdi.

Bizning sharoitda makkajo‘xori doni uchun erta muddatda, ya’ni mum pishish davrida, so‘ta holida, qobiqlaridan tozalamasdan yig‘ishtirib olinsa, kam nobudgarchilik va oz sarf-xarajat bilan yig‘ishtirib olishga erishiladi.

Ushbu texnika qo‘llanilganda talab etiladigan quvvati 1,5 martaga kamayganligi sababli xo‘jaliklarda mavjud TTZ-80.10 va boshqa shu sinfdagi traktorlar bilan agregatlab ishlatish mumkin, so‘talar mum pishish davrida yig‘ishtirish hisobiga odatdagidan 10-15 kun ertaroq yig‘ishtiriladi. Natijada yer maydonlari ishlov berishga ertaroq bo‘shatiladi.

Mutaxassis ta’kidlashicha so‘talarning qobiqlaridan tozalanmasligi hisobiga ish unumdorligi 20 foizga ortadi. Xususan, so‘talar yanchib olmasdan yig‘ishtirilishi hisobiga don nobudgarchiligi 10-15 foizga kamaysa, ish unumi ortishi hisobiga yoqilg‘i sarfi esa 15-20 foizga kamayadi.