Buxoroda Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashabbusi bilan viloyat adliya boshqarmasida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida Fuqarolik jamiyati institutlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan fuqarolik jamiyati institutlari, davlat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiya natijalari va 2030 yillarga qadar rivojlantirish strategiyasi loyihasiga takliflar taqdim etish yuzasidan fikr almashdi.
Tadbirda Xalq deputatlari viloyat Kengashi Kotibiyati mudiri Sh.Rahmonov, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari v.v.b H. Tohirov va boshqalar “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilayotgan Fuqarolik jamiyati rivojiga oid yangi konsepsiya loyihasining mazmun-mohiyati hamda ahamiyatiga to‘xtaldi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda 2026 – 2030 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish jarayoni boshlandi. Mazkur tashabbus “Yuksalish” harakati tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, muhokamalar ochiq, inklyuziv va fuqarolik jamiyatining faol ishtirokida o‘tkazilmoqda.
Konsepsiya loyihasi mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish, davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, hamda fuqarolarning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan.
[gallery-26330]
Tadbirda Fuqarolik jamiyatining hozirgi holati va rivojlanish imkoniyatlarini aniqlash, NNTlarning huquqiy asoslari va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash (grantlar, subsidiyalar, ijtimoiy buyurtmalar, ijtimoiy tadbirkorlik), davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolarning qaror qabul qilishdagi ishtirokini kengaytirish, ko‘ngillilik va mahalla tizimi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlar muhokama qilinmoqda.
Jarayonning muhim jihatlaridan biri faqat tanqidiy fikrlar emas, balki aniq yechimlar, amaliy takliflar va ijobiy tashabbuslarga urg‘u berishdir. Har bir hududda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlar, joylardagi tajriba va tashabbuslar inobatga olinmoqda.
Ushbu muhokamalar fuqarolik jamiyati institutlarining nafaqat ishtirokchisi, balki islohotlarning bevosita tashabbuskori ekanini yana bir bor ko‘rsatmoqda. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan faol fuqarolik, ochiq boshqaruv va ijtimoiy sheriklik tamoyillarini amalda ro‘yobga chiqarish aynan shunday tashabbuskorlik orqali amalga oshadi.
Mazkur jamoatchilik muhokamalari Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi, NNTlar milliy assotsiatsiyasi, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi hududiy bo‘linmalari hamda O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/S8I6bNyX8Qc" title="Takliflar va tashabbuslar ilgari surildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat, video), O‘zA muxbirlari.