Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Takaichi Yaponiya Bosh vaziri etib saylandi
18:21 / 2026-02-18

Yaponiya parlamentining yuqori palatasi ikkinchi bosqichda Sanae Takaichini mamlakatning 105-Bosh vaziri etib sayladi.

Takaichi 125, uning raqibi Yunya Ogava esa 65 ovoz oldi. Bu haqda Vakillar palatasi spikeri Masakazu Sekiguchi jonli efirda ma’lum qildi.

Jarayonning burilish nuqtasi shundaki, quyi palatadan farqli o‘laroq, hukmron Liberal-demokratik partiya bu yerda ko‘pchilik ovozga ega emas. Sanae birinchi bosqichda g‘alaba uchun zarur 50 foizli chegaraga bir ovoz yeta olmagan edi. Shuning uchun ikkinchi tur e’lon qilindi va bugal ko‘p ovoz olgan nomzod yutdi.

Endi hukumat Bosh kotibi Vazirlar Mahkamasi tarkibini e’lon qiladi. Hozirgi tarkib o‘zgarishsiz qolishi ehtimoli yuqori. Keyin Imperator Naruxito o‘z saroyida hukumat a’zolarini tasdiqlash marosimini o‘tkazadi. Bosh vazir o‘sha kuni kechqurun matbuot anjumani o‘tkazadi. Juma kuni u uch asosiy vazir bilan birga har ikki palata a’zolari huzurida dasturiy nutq so‘zlaydi.

S.Rahimov, O‘zA