Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tajriba maktabi yaratiladi
15:04 / 2024-02-08

Golubika dunyo bozoridagi eng qimmat rezavor hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, mazkur rezavorni yetishtirish hajmini oshirish O‘zbekiston iqtisodiyotiga faqat foyda olib keladi.

Ayni kunlarda Belarus Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirligi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda. 

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov va Belarus Respublikasining rezavor mevalar yetishtirish bo‘yicha “Yagodka” fermer xo‘jaligi rahbari Andrey Kostyukov o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda golubika yetishtirishni ilmiy asosda tashkil qilish masalalari muhokama qilindi. 

Shuhrat Otajonov o‘z navbatida, bu yo‘nalishda O‘zbekistonda katta imkoniyatlar mavjudligi va hamkorlikda amalga oshiriladigan ushbu loyiha har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishini qayd etdi. 

Muloqot yakunida “Yagodka” fermer xo‘jaligi bilan hamkorlik shartnomasi va loyihani amalga oshirish borasidagi “Yo‘l xaritasi” imzolandi. 

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda Toshkent viloyatidagi 10 gektardan ziyod yer maydonida golubika yetishtirilmoqda. Ularni Xitoy, Gonkong, Singapur, Malayziya, Vetnam kabi davlatlarga eksport qilish mumkin. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA