O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, “O‘zkimyosanoat” AJ tajriba loyihasi ishtirokchilariga mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini majburiy raqamli markirovkalash bo‘yicha loyihani amalga oshirishga ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasida mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini raqamli markirovkalash mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha tajriba loyihasi boshlanganligi haqida xorijiy davlatlarni xabardor qilish vazifasi yuklatilgan.
Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda tajriba loyihasi natijalaridan kelib chiqqan holda, qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishi belgilangan.
O‘zA