Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tajriba, bilim va malaka oshirildi
12:54 / 2026-02-16

Andijon shahrida “Nodavlat notijorat tashkilotlari mutasaddilarining bilim va malakasini oshirish – muhim vazifa” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan Oliy Majlis qoshidagi jamoat fondi, “Yuksalish” harakati, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Andijon viloyati hududiy bo‘linmalari hamkorligida tashkil etilgan seminar-treningda viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari, mutaxassislar ishtirok etdi. 

Seminar-treningda so‘z olgan O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Sherzodbek Valiyev, Oliy Majlis qoshidagi jamoat fondi viloyat bo‘limi rahbari Zarifaxon Ahmedova va boshqalar mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat yuritishlariga ko‘maklashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirayotganligi, buning natijasida NNTlar joylardagi ijtimoiy muammolarni hal etish, erkin, demokratik fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarida faol ishtirok etayotganligini ta’kidladi.

Trening davomida ishtirokchilarga mutaxassislar NNT faoliyatini samarali yuritish, davlat tashkilotlari bilan hamkorlik, shuningdek, grant loyihalari yozish tartibi, uni baholash mezonlari, smeta mablag‘larini shakllantirish bo‘yicha keng ma’lumotlar berdi. 

Ishtirokchilar tomonidan mavzu doirasidagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, ilg‘or ish tajribalarini faoliyatga tatbiq etish, NNTlar faolligini yanada oshirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.

F.Ubaydullayev, O‘zA.