French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tailanddagi toshqin qurbonlari 145 kishiga yetdi
17:13 / 2025-11-29

Tailand janubida kuchli yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan suv toshqini qurbonlari soni 145 nafarga yetdi, deya ma’lum qildi hukumat a’zosi Siripong Angkasakulkiat jurnalistlarga.

Mulozim qayd etishicha, ofat 8 muzofotga daxl qilgan, birgina Songkla provinsiyasida 100 dan ziyod insonning yostig‘i quridi.
Suv chekinyapti, qidiruv-qutqaruv guruhlari yangi hududlarga kirish imkonini topyapti, dedi ma’muriyat vakili.

Ayni payt tabiiy hodisaning oldini olish va oqibatini yumshatish departamenti 12 janubiy viloyatda toshqin 1,2 milliondan ko‘p xonadon, 3,6 million kishiga zarar yetkazganini e’lon qildi.

Bosh vazir Anutin Chanvirakul Songkla uchun favqulodda holat e’lon qildi.

G.Sattorova, O‘zA