Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tailanddagi kasalxona Kambodja qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutildi
13:39 / 2025-12-10

Tailandning Surin provinsiyasidagi kasalxona Kambodja qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” nashri.

Ta’kidlanishicha, bugun ertalab Kambodja kuchlari Phanom Dongrak shifoxonasi hududi va uning atrofiga “BM-21 Grad” raketa tizimlari orqali oltita snaryad otgan.                                                 

Ma’lumki, ikki o‘lka o‘rtasidagi chegara hududlarida janglar o‘tgan hafta oxirida avj oldi va seshanba kuni ham davom etdi. Shundan so‘ng, tomonlar bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganlikda ayblashdi va Tailand havo kuchlari havo hujumlarini boshladi.      

Kecha bir qancha nashrlar Tailand-Kambodja chegarasida shiddatli janglar davom etgani haqida yozib chiqqandi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Tailand qo‘shinlarining Kambodja chegara hududlariga uyushtirgan hujumlari oqibatida 54,5 mingdan ortiq odam o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Tailanddagi chegara zonalarida esa 400 ming aholi evakuatsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 19-noyabr kuni Tailand mudofaa vaziri Nattafon Nakfanit bahsli hududlarda chegarani vaqtinchalik demarkatsiya qilish boshlanishi munosabati bilan qo‘shinlarga to‘liq shay turishni buyurgandi. 

G.Sattorova, O‘zA