Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tailandda zafar quchgan kurashchilar tantanali kutib olindi
11:37 / 2022-09-11

Xabar berganimizdek, Tailandning Chonburi shahrida kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida yakunlangan VII Osiyo chempionatida yurtimiz sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Qit’aning 12 ta davlatidan 100 nafardan ziyod kurashchilar qatnashgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining 13 nafari oltin, 1 nafari kumush hamda 4 nafari bronza medallariga musharraf bo‘ldi.

Tailandda g‘oliblikni tantana qilish bilan, milliy sportimiz kurashni ulug‘lagan kurashchi yoshlarimiz yurtimizga qaytib keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida qit’a chempionatida zafar quchgan hamyurtlarimiz Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi vakillari, ota-onalar ishtirokida tantanali kutib olindi.



T. Ro‘ziyev, O‘zA