Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tailandda sayyohlardan 100 dollar atrofidagi sayyohlik yig‘imini olish joriy etiladi
09:57 / 2022-01-13

Tailand hukumati xorijlik sayyohlardan 300 bat, ya’ni 100 dollar atrofida bo‘luvchi sayyohlik yig‘imini olish tartibini joriy etmoqchi.

“Bangkok Post” gazetasiga ko‘ra, qirollik hukumati matbuot kotibi Txanakon Bunkongvanchan shuni ma’lum qilgan.

Uning aytishicha, yig‘imdan tushgan mablag‘lar sayyohlik yo‘nalishlari va sayyohlarni sug‘urtalash ishlarini takomillashtirishga yo‘naltiriladi.

Mazkur yig‘im 2022 yil aprelidan joriy etilib, uning qiymati aviabiletlar narxiga qo‘shilishi rejalashtirilmoqda.

Ayni paytda, mamlakatlarga yer usti transporti bilan keluvchi sayyohlardan yig‘im undirish masalasi alohida ko‘rib chiqilishi ta’kidlangan.