Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tailandda qurilish krani poyezd ustiga qulab tushdi: qurbonlar bor
18:26 / 2026-01-14

Tailandda tezyurar temiryo‘l liniyasida qurilish ishlari olib borilayotgan vaqtda poytaxtdan Ubon-Ratchatani provinsiyasiga ketayotgan poyezd ustiga ko‘tarma kran qulab tushdi.

Mamlakat transport vaziri Pxipxat Ratchakitprakarn poyezdda jami 195 nafar yo‘lovchi bo‘lganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, kuchli zarb natijasida voqeada 22 kishi halok bo‘lgan va 64 kishi jiddiy jarohatlangan

– Hozirgacha 19 ta jasad topildi, ammo vagonlar ichida hali ham qurbonlar jasadlari bor, - dedi vazir.

“Fox News” telekanali xabar berishicha, falokat yuz bergan paytda poyezd taxminan soatiga 120 kilometr tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan.

Rasmiylar vaziyat nazorat ostida ekani va poyezd ichida qolib ketgan odamlarni qidirayotganini ma’lum qilgan.

Tailanddagi qurilish maydonlarida halokatlar tez-tez sodir bo‘lib turadi, bu asosan standartlar va me’yorlarga rioya qilinishi ustidan yetarli nazorat yo‘qligi bilan bog‘liq. O‘tgan yili ham Bangkokda zilziladan so‘ng baland qurilish ob’ekti qulab tushib, 100 dan ortiq odam halok bo‘lgan edi.

O‘.Alimov, O‘zA